Toshkent davlat transport universitetida Yakuniy davlat attestatsiyasi (Davlat imtihoni)ni o‘tkazish davri to‘g‘risida

Yakuniy davlat attestatsiyasi (Davlat imtihoni) joriy yilning 15 iyunidan 27 iyuniga qadar o‘tkaziladi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni talabaning “Shaxsiy kabinet”dan olish mumkin.

Shuningdek, hurmatli 2019/2020 o‘quv yilining bitiruvchi talabalari! Sizlarga Yakuniy davlat attestatsiyasi (Davlat imtihoni)ni quyidagi vaqtlarda sinov tariqasida o‘tish imkoniyati yaratiladi:

Iqtisodiyot fakulteti – joriy yil 25 may soat 8:00dan 27 may soat 23:59gacha;

Tashishni tashkil etish va transport logistikasi – joriy yil 28 may soat 8:00dan 30 may soat 23:59gacha;

Elektromexanika fakulteti – joriy yil 1 iyun soat 8:00dan 3 iyun soat 23:59gacha;

Qurilish fakulteti – joriy yil 4 iyun soat 8:00dan 6 iyun soat 23:59gacha.

 

Toshkent davlat transport universiteti ma’muriyati