O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalashtirish manbalari |
Bajarish muddatlari |
Ijro uchun mas’ullar |
I. Transport tizimini rivojlantirish ehtiyojlarini hisobga olgan holda, Toshkent davlat transport universitet tashkiliy tuzilmasi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini optimallashtirish, talabalarning ishlab chiqarish va boshqa tashkilotlarda amaliyotini tashkil qilish |
|||||
1. |
Toshkent davlat transport universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkiliy tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash. | 1. Universitet oldiga qo‘yilgan yangi maqsadlar va vazifalar, transport fani va ta’limi borasida nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalarini tahlil qilish.
2. Fakultetlar, umumkasbiy va mutaxassislik kafedralari hamda funksional bo‘limlar tarkibini qaytadan ko‘rib chiqqan holda, Universitetning takomillashtirilgan tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash. |
— |
2020-yil may |
Universitet, Transport vazirligi |
2. |
Universitetning kadrlar tayyorlash bo‘yicha asosiy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini belgilash | Transport tizimini kompleks rivojlantirish istiqbollari, ehtiyojlar, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasi, amalga oshirilayotgan hududiy va tarmoq dasturlari hamda kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro klassifikatorlarni hisobga olgan holda mazmun jihatdan yaqin bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirish orqali texnika sohalari ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish, magistratura mutaxassisliklarini kengaytirish va ilmiy faoliyatni tor sohalar bo‘yicha amalga oshirishni tashkil etish. |
— |
2020-yil may |
Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet |
3. |
O‘quv-me’yoriy bazani yaratish | Kadrlar buyurtmachilari tomonidan transport sohasining tarmoq kvalifikatsiya ramkasi, har bir kasb va lavozimi bo‘yicha professional standartlarni ishlab chiqish va ular asosida 2020/2021 o‘quv yiliga qadar davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv-reja va fan dasturlarini takomillashtirish hamda tasdiqlash. |
— |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Universitet |
4. |
Rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish | Sohaga oid yetakchi xorijiy oliy ta’lim markazlari va ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha “qo‘shma diplom”, akademik mobillik hamda yozgi maktablar bo‘yicha integratsiyalashgan innovatsion ta’lim dasturlarini tashkil etish. |
Transport universiteti mablag‘lari hisobidan |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
5. |
O‘quv va amaliyot jarayonlarida tarmoq korxonalari ishtirokini kengaytirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish | 1. Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borishlari, talabalarning malakaviy amaliyotlarini o‘tashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida o‘quv-amaliyot markazlarini (mutaxassislik kafedralari filiallarini) tashkil etish.
2. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Germaniya tajribasi asosida o‘quv-amaliyot markazlari va ishlab chiqarish obyektlarida talabalarning amaliy darslari va malakaviy amaliyotlarini nazariy o‘quv jarayonidan uzilmagan holda, dars jadvaliga ko‘ra o‘tkazish mexanizmini joriy etish. Bunda dars jadvaliga asosan haftaning bir kunini amaliyot kuni deb belgilash orqali talabalar ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish. 3. Talabalarni buyurtmachi tashkilotlarga biriktirish hamda o‘qishni yakunlagunga qadar mazkur tashkilotlarda malakaviy amaliyotni bo‘lajak ish joylarida o‘tash tizimini yo‘lga qo‘yish. |
Transport universiteti mablag‘lari hisobidan |
2020-2021-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ |
II. Ta’lim jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini joriy qilishning xalqaro amaliyotiga muvofiq rejalashtirish, tashkil etish va uning sifatini oshirish |
|||||
6. |
Raqamli texnologiyalar asosida pedagogik faoliyat samaradorligini baholash va rag‘batlantirish tizimini yaratish | 1. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida kafedra, fakultet va oliy ta’lim muassasasi kesimida o‘quv-uslubiy, ilmiy va “ustoz-shogird” faoliyati samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkich va mezonlarini shakllantirish va avtomatlashtirilgan monitoring tizimini joriy etish.
2. Professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida rag‘batlantirish va tanqidiy baholash mexanizmini joriy etish. |
Transport universiteti mablag‘lari hisobidan |
2020-2021-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
7. |
Transport sohasidagi kadrlarni tayyorlash ta’lim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqqan holda, o‘quv fanlari va yuklamalarini optimallashtirish | 1. 2020/2021 o‘quv yili o‘quv rejasidanomutaxassislik o‘quv fanlari sonini qisqartirish va mutaxassislik hamda mustaqil ta’lim soatlari salmog‘ini oshirish.
2. Malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlari muddatini bir o‘quv yilida to‘rt oygacha yetkazish. 3. Haftalik o‘quv yuklama soatlarini qisqartirish. 4. Transport vazirligi bilan kelishilgan holda (idoraviy hujjat asosida), soha uchun oliy ma’lumotli va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini optimallashtirish. |
— |
2020-2021-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
8. |
Ta’lim mazmunini shakllantirishning mahalliy va xorijiy tajriba asosida o‘qi?ishning kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish | 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab birinchi bosqich talabalarini o‘qitishda kredit-modul tizimini joriy etish. |
Vasiylik kengashi jamg‘armasi, homiy tashkilotlar mablag‘lari hisobidan |
2020/2021 o‘quv yili |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
9. |
O‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etishni kengaytirish | 1. Zamonaviy raqamli loyihalash hamda modellashtirish dasturlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish maqsadida PTV VISSIM, PTV VISSUM, PTV VISTRO, CREDO, IndorCAD/Road, AutoCAD, Matlab, CATIA, SOLIDWORKS, ArchiCAD, EViews, Stata kabi litsenzion loyihalash va modellashtirish dasturlarini o‘quv jarayoniga tatbiq qilish.
2. Raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar va xodimlarni xorijiy davlatlarga maqsadli stajirovkalarga yuborish. |
Vasiylik kengashi jamg‘armasi, Transport universiteti, homiy tashkilotlar mablag‘lari hisobidan |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
III. Universitet rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari tarkibini tanlash, ularning pedagogik mahorati hamda kasbiy darajasini oshirish |
|||||
10. |
Kadrlarni tanlash va tayinlashning samarali mexanizmini joriy etish | 1. Rektorat, fakultetlar, kafedralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va akademik litseylar rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilari tarkibini tanlash, tayinlash va ularning ish samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etish.
2. Universitet boshqaruv kadrlari zaxirasini tashkil etish, ularni maqsadli o‘qitish tizimini shakllantirish. |
— |
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab |
Transport vazirligi, Universitet |
11. |
Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish | 1. Universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini yilma-yil oshirib borish, shu jumladan 2020-yilda 35 foizgacha, 2021-yilda 39 foizgacha, 2022-yilda 47 foizgacha, 2023-yilda 51 foizgacha, 2024-yilda 53 foizgacha yetkazish maqsadida universitet doktoranturasiga har yilgi qabul kvotasini ko‘paytirish (30 nafargacha) va xorijiy maqsadli doktoranturaga yuborish (10 nafargacha).
2. Har yili magistraturaning iqtidorli bitiruvchilarini tanlash va pedagogik faoliyatga faol jalb qilish. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Vasiylik kengashi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan |
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab |
Transport vazirligi, Universitet, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi |
IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, Universitetda olib boriladigan tadqiqotlarni ishlab chiqarish, akademik ilm-fan ehtiyojlari bilan integratsiyalash, ilmiy va innovatsion ishlanmalar natijadorligini ta’minlash, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish |
|||||
12. |
Universitetda olib boriladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalar natijadorligini oshirish | 1. 2021-yildan boshlab, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishni har yili 20 foizga oshirib borish bo‘yicha dastur ishlab chiqish.
2. Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqotlar zamonaviy eksperimental infratuzilmasini, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy-tadqiqotlar tizimi va sharoitlarini shakllantirish. 3. Har bir fakultetda tematik ilmiy laboratoriyalar tashkil etish va ularni asbob-uskunalar bilan bosqichma-bosqich jihozlash. 4. Yoshlarni ilmiy ishlarga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kadrlar bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida Universitetning akademik litseyiga iqtidorli yoshlarni tanlash va maqsadli tayyorlashning manzilli-hududiy tizimini joriy etish. |
Vasiylik kengashi jamg‘armasi, Transport universiteti, homiy tashkilotlar mablag‘lari hisobidan |
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab |
Transport vazirligi, Universitet |
V. Universitetda o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish va jihozlash, shuningdek, ta’lim, ilmiy va ma’muriy faoliyatning yagona axborot makonini yaratish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini jihozlash, kontent bilan to‘ldirish |
|||||
13. |
Universitetda zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriya majmualarini tashkil etish | 1. Laboratoriya pasportlaridan kelib chiqib, asbob-uskunalarga buyurtma berish.
2. Barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlash. |
Vasiylik kengashi jamg‘armasi, Transport universiteti mablag‘lari hisobidan |
2020 — 2022-yillar |
Universitet |
14. |
Ta’lim jarayonini axborot-kommunikatsion qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish | 1. Masofaviy ta’lim va modul tizimiga o‘tishda zarur axborot texnologiyalari jihozlari bilan ta’minlash hamda vebinar xonalar sonini 25 taga yetkazish.
2. Universitetdagi ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini onlayn translatsiya qilishga hamda ularning sifatini monitoring qilishga mo‘ljallangan elektron platformani bosqichma-bosqich joriy etish. 3. Axborot-resurs markaziga avtomatlashtirilgan boshqaruv va monitoring tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. 4. 2020-yilning yakuniga qadar Axborot-resurs markazi bazasidagi barcha o‘quv-metodik ko‘rsatma, o‘quv qo‘llanma, darslik, monografiya va boshqa turdagi adabiyotlarni to‘liq raqamlashtirish choralarini ko‘rish hamda universitet platformasiga to‘liq joylashtirish. |
Vasiylik kengashi jamg‘armasi, Transport universiteti, homiy tashkilotlar mablag‘lari hisobidan |
2020 — 2022-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
VI. Etakchi xorijiy universitetlar bilan xalqaro hamkorlikni, sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, ta’lim faoliyatiga xorijiy mutaxassislar va o‘qituvchilarni jalb qilish |
|||||
15. |
O‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tajribali soha ekspertlarini jalb etish | 1. AQSh, Angliya, Germaniya, Polsha, Slovakiya, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Singapur, Rossiya, Belorussiya va boshqa davlatlarning tajribali professor-o‘qituvchilari, mutaxassislari va xalqaro ekspert�arini o‘quv jarayoniga jalb etish.
2. Xalqaro fondlar orqali jalb qilish qamrovini bosqichma-bosqich kengaytirish. |
Vasiylik kengashi jamg‘armasi, Transport universiteti, homiy tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar mablag‘lari hisobidan |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Universitet |
16. |
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro almashinuv amaliyotini kengaytirish | 1. Professor-o‘qituvchilarni MDH va chet el davlatlari yetakchi oliy ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish. Buning uchun barcha professor-o‘qituvchilarni ingliz va rus tillari bo‘yicha intensiv kurslarda tayyorlab, xorijiy stajirovkalarga maqsadli jo‘natish.
2. Turdosh hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari yozgi maktablarining integratsiyalashgan innovatsion ta’lim dasturlarida qatnashuv�i talabalar qamrovini kengaytirish. |
Vasiylik kengashi jamg‘armasi, Transport universiteti, homiy tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar mablag‘lari hisobidan |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Universitet, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
VII. Tarbiya ishlari tizimini takomillashtirish, talabalarga yuksak axloqiy va ma’naviy-ma’rifiy fazilatlarni singdirish, yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan immunitetni mustahkamlash, talabalarning sog‘lom turmush tarzi va dam olishini tashkil qilish uchun shart-sharoitlar yaratish |
|||||
17. |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amaliyotga keng joriy etish va bu yo‘nalishda Universitetni eng namunaviy oliy ta’lim muassasasi darajasiga olib chiqish | 1. 1-tashabbus — talaba yoshlarni musiqa va san’atga jalb qilish, ularda estetik did va kasbiy etikani tarbiyalash maqsadida tanlovlar, ko‘rgazmalar, san’at va madaniyat maskanlarida ochiq darslar o‘tkazish, teatr va muzeylarga tashriflarni uyushtirish, iqtidorli talabalardan tashkil topgan “Yosh havaskorlar” ashula va raqs ansamblini tuzish.
2. 2-tashabbus — sport majmualarida to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish va ularga talaba qizlarni yanada kengroq jalb qilish, talabalarning qiziqish va takliflari asosida yangi sport to‘garaklari ochish, talabalarning “Kibersport” sport turi bo‘yicha musobaqalarini tashkil etish, “Salomatlik sari mustahkam qadam” aksiyasi va sport turlari bo‘yicha universitet ichki chempionatlarini o‘tkazish. 3. 3-tashabbus — talaba yoshlarda Internet jahon axborot tarmog‘idan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ularning qiziqishlari bo‘yicha klublar, kompyuter texnologiyalari, loyiha va dasturlash bo‘yicha kompyuter dasturlari, internet savodxonligi to‘garaklari, onlayn-viktorinalar, IT-olimpiadalar tashkil etish, ta’lim faoliyati bilan bog‘liq elektron dasturlar, QR-kod elektron kutubxonalar joriy etish. 4. 4-tashabbus — talaba yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini tarbiyalash maqsadida “Bir talabaga — bir kitob” aksiyasi, “Eng faol kitobxon” tanlovi, “Yosh adabiyotchilar” klublarini, turli mavzulardagi tanlovlarni, talabalarning she’rlari, ilmiy maqolalari va she’riy to‘plamlarini chop etishni tashkil qilish, ommaviy axborot vositalarida yoritish. 5. 5-tashabbus — talaba qizlar�ing ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, “Biznes ledi” maktabi (biznes reja tuzishga o‘rgatish), “Tadbirkor talaba” klubi, “Oila maktabi” treninglari, tikuvchilik, kashtachilik, milliy hunarmandchilik kurslarini yo‘lga qo‘yish, qizlarni ichki salohiyatini ochishga ko‘maklashadigan ijodiy va fan to‘garaklariga jalb etish. |
Transport universiteti mablag‘lari hisobidan |
2020 — 2023-yillar |
Transport vazirligi, Universitet |
T/r |
Obyekt nomi |
Manzili |
Obyektni topshiruvchi tashkilot |
Qabul qiluvchi tashkilot |
1. |
Talabalar turar joyi |
Toshkent shahar, Uchtepa tumani, |
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
2. |
Talabalar turar joyi |
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 7-daha, Quloqtepa ko‘chasi |
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
3. |
Umumiy ovqatlanish shoxobchasi |
Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 9-daha, Quloqtepa ko‘chasi |
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
4. |
O‘quv binosi |
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Alimbekov ko‘chasi, 2-uy |
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
5. |
O‘quv-amaliy poligoni |
Toshkent viloyati, Parkent tumani, “Chinorbuloq” MFY hududi |
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
6. |
Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kasb-hunar kolleji binosi |
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Temirchi ko‘chasi, 53-uy |
Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti |
Toshkent davlat transport universiteti |
7. |
Toshkent shahri, Mirobod tumanida joylashgan 65-maktab (sobiq Mirobod sanoat kasb-hunar kolleji) binosi |
Toshkent shahri, Mirobod tumani, Sariko‘l 3-berk ko‘chasi, 1-uy |
Xalq ta’limi vazirligi |
Toshkent davlat transport universiteti |
T/r |
Obyekt nomi |
Manzili |
Obyektni ijaraga beruvchi tashkilot |
Ijara muddati |
1. |
Aviakosmik texnologiyalar fakulteti binosi (moddiy-texnika vositalari bilan birgalikda) |
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 107-uy |
Toshkent davlat texnika universiteti |
2022-yil 1-iyul |
2. |
63-talabalar turar joyi |
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi |
Toshkent davlat texnika universiteti |
2022-yil 1-iyul |
T/r |
Ta’lim yo‘nalishi shifri va nomi |
Talabalar soni* |
1. |
5311600 — Konchilik ishi (yer osti konchilik ishi) |
57 |
2. |
5311600 — Konchilik ishi (ochiq konchilik ishi) |
44 |
3. |
5314400 — Foydali qazilmalarni boyitish (ko‘mir) |
12 |
4. |
5312200 — Konchilik elektromexanikasi |
25 |
5. |
5312300 — Marksheyderlik ishi |
18 |