Sirtqi bo’lim talabalariga ham ta’lim masofaviy shaklda tashkil etiladi

Hurmatli sirtqi (maxsus sirtqi) bo’lim talabalari! 2019-2020 o’quv yili o’quv jarayoni jadvaliga asosan 2020 yil 13 apreldan 2 maygacha maxsus sirtqi 3-bosqich va 2-OTM 3-bosqich talabalari, 4 maydan 23 maygacha sirtqi ta’lim 1-bosqich talabalari, 11 maydan 30 maygacha maxsus sirtqi 2-bosqich talabalari va 25 maydan 13 iyungacha sirtqi ta’lim 2-bosqich talabalari uchun bahorgi semestr uchun nazariy o’qish va nazorat haftalari bo’lib o’tadi. Ushbu jarayonda Sizlar TTYMIda yo’lga qo’yilgan moodle platformasidan foydalangan holda masofaviy tizimda ta’lim olishingiz mumkin. Tizimga kirish uchun ajratilgan login va parollarni sirtqi bo’lim boshlig’idan olishingiz kerak.