Masofaviy kurslardan foydalanish yuzasidan talabalarga qo’shimcha ma’lumot

Masofaviy kurslardan foydalanish yuzasidan talabalarga qo’shimcha ma’lumot
O’zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo’yicha respublika maxsus komissiyasi yig’ilishining 11-son bayonida belgilangan topshiriqlar hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 27 martdagi “Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish to’g’risida”gi 233-son buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1 aprel sanasidan moodle.tashiit.uz masofaviy ta’lim platformasida o’qitish tashkil etiladi. Mazkur platformadan foydalanish uchun dekanatdan login va parol, shuningdek, android tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun https://play.google.com/store/apps/details?id=com.moodle.moodlemobile havolasidan hamda iOS tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun https://apps.apple.com/uz/app/moodle/id633359593 havolasidan dasturlarni ko’chirib olishingiz lozim. Ushbu tizimda Siz ma’ruzalarning matn va videolarini ko’rishingiz mumkin. Shuningdek, amaliyot, mustaqil ish, laboratoriya, kurs ishi (loyihasi), loyiha-hisob ishlari va boshqa topshiriqlarni elektron variantini o’qish, ko’chirib olish va topshirish imkoniyati mavjud. Masofaviy kurslardan foydalanish bo’yicha yuriknoma qo’yidagi havola orqali yuklab olish mumkin.3-илова Талабаларга

Hurmatli talabalar! Yuzaga kelgan vaziyatda barcha berilayotgan ma’lumotlarni to’g’ri qabul qilishingizni hamda tushunishingizni so’raymiz. Yaqin kunlarda o’quv jarayoni uchun tegishli me’yorlarga (talabalarni o’qitish, baholash, nazorat qilish, kursdan kursga o’tkazish kabi masalalar) o’zgartirish kiritish kutilmoqda. Yangiliklar qo’shimcha ravishda rasmiy veb-saytimiz (www.tashiit.uz) hamda ijtimoiy tarmoqlarimiz (https://t.me/ttymi1931) orqali e’lon qilinadi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391 sonli Qarori ijrosini ta’minlash shuningdek ko’plab talabalar va ularning ota onalarining murojatlarini inobatga olib, 2019-2020 yilda bakalavriat va magistraturada to’lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning to’lov-kontrakt miqdorining ikkinchi yarmini to’lash muddatini joriy yilning 15 apreliga qadar ekanligini ma’lum qilamiz.