Talabalar uchun o’quv jarayoni masofaviy tashkil etilmoqda

Hurmatli talabalar! Joriy yilning 1 aprel sanasidan moodle.tashiit.uz elektron o’quv resurs platformasida o’quv jarayonini masofaviy tashkil etish rejalashtirilgan. Mazkur platformadan foydalanish uchun dekanatdan login va parol, shuningdek, android tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun  havolasidan hamda iOS tizimida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun  havolasidan dasturlarni ko’chirib olishingiz lozim. Ushbu tizimda Siz ma’ruzalarning matn va videolarini ko’rishingiz mumkin. Shuningdek amaliyot, mustaqil ish, laboratoriya, kurs ishi (loyihasi), loyiha-hisob ishlari va boshqa topshiriqlarni elektron variantini o’qish, ko’chirib olish va topshirish imkoniyati mavjud.