Talabalarning kutilmagan ta’tiliga kutilganiday kuzatildi

16 mart kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalari doimiy yashash joylariga kuzatildi.

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida talabalar 2020 yil 16 martdan ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqarildi. Talabalarni doimiy yashash joylariga qiyinchiliksiz yetib olishlari uchun Transport vazirligi bilan hamkorlikda bir qator yo‘nalishlarda avtobuslar tashkillashtirildi.