Qabriston va muqaddas qadamjolarni obod qilish – azaliy qadriyat

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti yoshlari shahardagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obodonlashtirishda yoshlar faol qatnashmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut kengashi tashabbusi bilan institut yoshlari Qo‘yliq ota qabristonida olib borilgan obodonlashtirish ishlariga jalb etildi. Qarovsiz qabrlar atrofi tozalandi. Qabristonlar hududidagi quruq o‘t, barg, shox-shabbalar yig‘ishtirildi.

– Milliy qadriyatlarimizni asrash, ajdodlarimiz xotirasini ulug‘lash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarni obod qilish barchamizning burchimizdir, – deydi tadbir ishtirokchisi Shaxzod Boymurodov. – Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari atrofga o‘zgacha fayz, go‘zallik baxsh etadi.

Institut yoshlari tomonidan qabristonlar atrofi tartibga keltirildi. O‘tganlar yod etilib, Qur’on tilovat qilindi.

Axborot xizmati