Davlat dasturi doirasida seminar o‘tkazildi

9 mart kuni «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi Ayova Davlat universiteti (AQSh) professori Tina Koffelt ishtirokida seminar-trening tashkil etdi.

«Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan turli xildagi ta’lim muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga e’tibor qaratdi.

Kafedrada xalqaro tajribalar asosida ta’lim jarayonlarini takomillashtirish maqsadida “Ta’lim va loyihaviy boshqaruv tizimida ilg‘or xorijiy tajribalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar ishida Ayova Davlat universiteti (AQSh) professori Tina Koffelt hamda Biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabi “Loyihaviy boshvaruv va strategiyalash” kafedrasi mudiri Baxrom Xolbaevlar ma’ruza qildi.

Shuningdek, seminar davomida amaldagi xalqaro ta’lim loyihalari va AQSh elchixonasi tomonidan O‘zbekiston yoshlari uchun ajratilayotgan grant dasturlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Manba: «Iqtisodiyot va menejment» kafedrasi axboroti