Institutning ijrochi yoshlari ishtirokida maqom kechasi o‘tkazildi

Bugun Toshkent temir yo‘l muhandislari institutning ijrochi yoshlari ishtirokida maqom kechasi o‘tkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida milliy musiqa san’atini ravnaq toptirish, uning boy an’ana va maktablarini asrab-avaylash, yanada boyitish, ustoz san’atkorlar faoliyati, ijodiy merosini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda institutning Musiqiy rahbari Dilmurod Toshmurodov tomonidan qator loyihalar amalga oshirilayotganligi tahsinga loyiq.

Bugun tashkil etilgan maqom kechasida mumtoz musiqamiz haqida so‘z bordi. Tadbirda Dilmurod Toshmurodov rahbarligidagi badiiy jamoa va institutning ijrochi yoshlari ishtirokidagi kontsert dasturi namoyish etildi.