Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi

26 fevral kuni “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasida “O‘zbekistonda ko‘priksozlik sohasining rivojlanish holati va istiqbollari” mavzusida “Ko‘prikqurilish” unitar korxonasi mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasida davlatimiz rahbarining “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Dastur asosida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi ta’minlanmoqda.

Ushbu dasturga muvofiq 26 fevral kuni “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi va “Ko‘prikqurilish” unitar korxonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda ko‘priksozlik sohasining rivojlanish holati va istiqbollari” mavzusida o‘quv seminari tashkillashtirdi.

Seminarning asosiy maqsadi – talabalarni kelgusida ishlaydigan ish joylari haqida tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash va bilimlarini chuqurlashtirishga qaratildi.

Uchrashuvda “Ko‘prikqurilish” UK Maxsus bo‘lim boshlig‘i Farrux Tursunboev ko‘prik qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, tarmoq yangiliklari, yosh kadrlar bilan ishlash va ko‘priksozlik rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumotlar berdi.

Uchrashuvda davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga etarlicha javob olishdi. Ushbu uchrashuv talabalarda iliq taassurot qoldirdi.

Manba: “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi axboroti