Ta’lim va mutaxassislik ko‘rgazmasi

Bugun o‘z faoliyatini boshlagan 22 xalqaro «Ta’lim va mutaxassislik» ko‘rgazmasida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ham munosib ishtirok etmoqda.

Xalqaro ko‘rgazma ta’lim yo‘nalishda tashkil etilib, yurtimizning 35 dan ortiq institut va universitetlari, 40 dan ziyod o‘quv markazlari hamda Evropa, Osiyo, Latviya, Rossiya va bir qancha boshqa mamlakat ta’lim muassasalari qatnashdi. Shuningdek, xorijda ta’lim olishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar, nodavlat ta’lim muassasalari hamda o‘quv kurslari ishtiroki kuzatildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Expocontact” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro ko‘rgazmaning ochilish marosimida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti vakillari ishtirok etdi.

Ochilish marosimi yakunida tadbir ishtirokchilariga institut faoliyati va jozibadorligini ko‘rsatuvchi flaerlar, bukletlar tarqatildi.

– Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ta’lim olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirib, bu borada atroflicha ma’lumot bermoqdamiz, – deydi Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i Maqsud Haydarov.

Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan xalqar ko‘rgazma davom etadi.

Axborot xizmati