Baxtiyor Mendeshev: havfsiz mehnat sharoiti xamda o‘quv – tarbiya jaryonini ta’minlash dastlabki vazifamizdir

20 fevral kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari»AJ tizimidagi rahbarlar bilan uchrashuvlar turkumidagi navbatdagi muloqot Mehnatni muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Baxtiyor Medeshev ishtirokida o‘tkazildi.

Muloqotda fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga bo`lgan huquqlarini ta`minlash borasida so‘z bordi. Ishlab chiqarish ob’ektlarida foydalanilayotgan qurilmalar ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash barcha ishchi-xodimlarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari hisoblanishi uqtirildi.


Baxtiyor Mendeshev o‘z so‘zida, belgilangan texnik reglamentlarga rioya qilmaslik hamda talablarni to‘liq bajarmaslik oqibatida turli noxush holatlar ham uchrayotgani qayd etdi. 2019 yil temir yo‘l sohasida ishlab chiqarish jarayonida yuz bergan noxush voqealar misolida ochib berdi.

– Insonlarning mehnat qilish jarayonidagi xavfsizligi O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muxofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni va unga muvofiq chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlangan, – dedi Baxtiyor Medeshev.- Sog‘lom va havfsiz mehnat sharoiti xamda o‘quv – tarbiya jaryoni bo‘yicha meyoriy texnikaviy hujjatlar va huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishini ta’minlashga e’tiborli bo‘lish har birimizni vazifamizga kiradi.

Yig‘ilishda “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tashrif so‘ngida Mehnatni muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Baxtiyor Medeshev “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi faoliyati bilan tanishdi.

Axborot xizmati