Bitiruvchilar o‘z munosabatlarini bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2019 yil 27 dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan uchrashganida ularni madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta’minlashdek 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.


Shundan kelib chiqib har bir vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari hamda hokimlarga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha alohida vazifalarni bergan edi. Ushbu vazifaning ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqarma rahbar xodimlari tizimdagi yoshlar bilan uchrashuvlari o’tkazib kelinmoqda. Navbatdagi davra suxbat Yagona dispecherlik markazi boshlig‘i Abduvali Kadirov va Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i boshlig‘i Baxtiyor Baymanov ishtirokida o‘tkazildi.


Tadbirda yoshlar bilan ko‘proq uchrashuvlar tashkil etish, o‘quv seminarlarda ular ishtirokini ta’minlash va ishlab chiqarish korxonalarida malakasini oshirish orqali katta natijalarga erishish mumkinligi haqida so‘z bordi.


Institutning bitiruvchi bosqich talabalari mehnat faoliyati davomida yuzaga keladigan vaziyatlar bilan qiziqdi.


Baxtiyor Baymanov tizimning Lokomotiv xo‘jaligidagi yangiliklar va innovatsiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi.


Bitiruvchilarning bergan takliflari yuzasidan esa atroflicha o’rganib chiqilishi va amalga oshirilishiga kelishib olindi.

Axborot xizmati