Mustaqil tadqiqotchi Said Sanatovich Shaumarovning dissertatsiyasi muhokamasi to‘g‘risida

2020 yilning 19 fevral kuni soat 14:00da Toshkent arxitektura-qurilish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli Ilmiy kengash qoshida tashkil etilgan Ilmiy seminarda mustaqil tadqiqotchi Said Sanatovich Shaumarovning 05.09.01 – «Qurilish konstruktsiyalari, bino va inshootlar» va 05.09.05 – «Qurilish materiallari va buyumlari» ixtisosliklari bo‘yicha «Energiyasamarali binolarning oldindan belgilangan xossalar majmuiga ega g‘ovakli betondan tashqi to‘siq konstruktsiyalarini loyihalashning metodologik asoslarini ishlab chiqish» mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muxokamasi bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Qurilishni boshqarish” fakulteti binosining “Ma’naviyat” xonasi.