Yangi rejalar va taraqqiyot sari olg‘a qadamlar!

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining faollar zalida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida berilgan topshiriqlar ijrosini amalga oshirish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Jamiyat boshqaruvi raisi v.b. va boshqarma rahbarlari, markaz va korxona boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Tadbirda Jamiyat boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov so‘zga chiqib, barcha yig‘ilganlarni joriy yilning 24 yanvar sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga uchinchi bor Murojaatnoma taqdim etgani va bu mamlakatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirganini, unda o‘tgan 2019 yil yakunlari sarhisob etilgani hamda joriy 2020 yilda va kelgusi besh yillikda rivojlanishning ustuvor vazifalari belgilab olinganliginini ta’kidladi.

Shuningdek, shu kungacha Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan ahamiyatga molik yig‘ilishlarida temir yo‘l transporti tizimiga ham alohida to‘xtalganligi, sohadagi yuk va yo‘lovchi tashish masalalarida qator muammo va kamchiliklar kuzatilayotgani, shuningdek, temir yo‘l vokzallarida chiptalarning yo‘qligi, yuk tashish salmog‘ining yil sayin tushib ketganligi tanqid ostiga olinganligi, bu borada o‘zining bir qancha takliflarini berib o‘tganligini aytib o‘tdi.

– Yurtboshimizning har bir fikri, o‘tgan yillarga bergan haqqoniy bahosi, Vatanimiz taraqqiyoti, turmushimiz farovonligi uchun qilinishi lozim bo‘lgan vazifalarda, ayniqsa, xalqimizning taqdiriga daxldor bo‘lgan dolzarb va murakkab masalalarning ochiq hamda oshkora aytilgani bilan ahamiyatlidir, – dedi boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov. – Bunda bevosita har bir fuqaro, har bir oila taqdiriga bog‘liq masalalar ko‘tarildiki, bu sohada faoliyat olib borayotgan temiryo‘lchilar uchun ham daxldorligi bilan qimmatlidir.

Yig‘ilishda bevosita elektrovozlar parkini batamom yangilash hamda temir yo‘l uchastkalarini navbat asosida elektrlashtirish ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Bugungi kunda turizm salohiyati kengaytirilayotganligi hisobiga 25 mingga etkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bunda nafaqat aholini hojatini chiqarish, balki sayohlarni tarixiy shaharlarga borib-kelishi borasida ham temir yo‘lga talab juda ko‘payib borayotganini alohida tilga olindi. Shuning asnosida Osiyo Tarqqiyoti Banki bilan ishlanayotgani, tendirda 2019 yilda 30 ta elektrovoz xarid qilinganligi, joriy yilda ham 15 ta “elektrichka” olib kelinishi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining “Transmashxolding” aktsiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tuzilgan shartnomalar asosida yangilarining keltirilishi aytib o‘tildi.

Tadbir davomida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, falsafa fanlari doktori, professor J.Ramatov so‘zgaМаъруза ЎТЙ 07.02.20. chiqib, Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi bilan yig‘ilish qatnashchilarini yana bir karra tanishtirdi va mamlakatimizda amalga oshirilgan ijobiy ishlar, yutuqlar bilan bir qatorda, ko‘plab sohalarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganini ham aytib o‘tdi.

Jumladan, muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. Buning uchun avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog‘chadan boshlab oliy o‘quv yurtigacha – ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilish boshlandi. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a’zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma’rifat, yuksak ma’naviyat kerak. Ilm yo‘q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi. Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”!

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan temir yo‘llarda shu kungacha tashilgan yuklar hajmi va turlari slayd ko‘rinishida tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, tizimda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar qatorida korruptsiya va davlat xizmatlari mol-mulki hamda daromadlarini talon-taroj etilayotganligi bo‘yicha aniq dalillar keltirilib, buni bartaraf etish yo‘lida keskin tekshiruv va nazorat olib borilishi ta’kidlandi.

Feruza Xudoyqulova
Temiryo‘lchi gazetasi muxbiri