Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi keng nishonlanmoqda

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida o‘tayotgan xafta davomida buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.

Alisher Navoiy milliy ma’naviyatimiz, ona tilimiz, adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan daho shoirdir. Mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ta’lim, tarbiya, ma’naviyat, ilm-fanga e’tibor qaratish borasidagi islohotlar jarayonida shoir bobokaloni iz merosini mukammal o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Tillar kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Oybibi Iskandarova rahbarligidagi institut jamoasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan tashkil etilgan ma’rifiy telemarofonda ishtirok etishdi.

Tashishni tashkil etish va transport logistikasi murabbiylar kengashi tashabbusi bilan respublika Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda «Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni» mavzusida davra suhbatini o‘tkazildi. Suhbat O‘zbekiston yoshlarining adabiy-ajtimoiy jurnali «Yoshlik» jurnali bosh muxarriri Faxriddin Xayit bilan bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmoni Alisher Navoiy hayoti va ijodi xaqidagi nodir ma’lumotlarni berdi. Suhbat davomida ijodkor talabalarning she’rlari tinglandi.

Talabalar shaharchasida buyuk ajdolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlangan «Ajdodlar madadkor ruhi senga yor» deb nomlangan ma’naviy kecha o‘tkazdi. Talabalar betakror ajdodlarimizning ijodlaridan namunalar aytishdi. Talaba qizlarning kuy va qo‘shiqlari fayz ulashdi.

Buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etadi.

Axborot xizmati