Vagon xo‘jaligi boshqarmasi rahbari Ergashboy Axmedov yoshlar bilan uchrashdi

4 fevral kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “O‘zbekiston temir yo‘llari”aksiyadorlik jamiyatining Vagon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Ergashboy Axmedov yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbirda institut Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Yadgor Ruzmetov, Elektromexanika fakulteti rahbariyati, “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasi o‘qituvchilari va talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ergashboy Axmedov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi Prezidentimizning murojaatidan kelib chiqadigan vazifalar, Vagon xo‘jaligi muammolarini yechishda yoshlarning o‘rni, tizimda amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalar haqida fikr bildirdi. Yosh mutaxassislar va talabalarning yangi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuvda yosh tadqiqotchilar, talabalarning fikrlari tinglandi. Vagon xo‘jaligi sohasidagi amaliy ishlar, olib borilayotgan ilmiy ishlari va innovatsion g‘oyalari, turli muammolar va ularning yechimlari hamda o‘zlarining qator takliflarni bildirishdi.

Shuningdek, Elektromexanika fakultetida ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan yosh amaliyotchilar o‘quv jarayoniga jalb qilinayotganligi, talabalar sohaga tegishli korxona va tashkilotlarda amaliyot o‘tayotganligini e’tirof etildi.

Uchrashuvda texnika fanlari doktori professor Sherzod Fayziboevning vagon xo‘jaligini rivojlantirish borasida institutda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan axboroti tinglandi.

Uchrashuvdan keyin Vagon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Ergashboy Axmedov “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va kafedra o‘qituvchilari bilan hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Axborot xizmati