Iqtidorli talabalar, yosh pedagoglar va korxonalarning yosh mutaxassislari uchun “ROBOT-UZ 2020” robototexnika respublika tanlovi!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 2020 yilning 11-12 mart kunlari “ROBOT-UZ 2020” robototexnika sohasida iqtidorli talabalar, yosh pedagoglar va olimlar, hamda korxonalarning yosh mutaxassislari uchun respublika tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Respublika tanlovining maqsadi robototexnika sohasidagi iqtidorli yoshlar orasida ilmiy-texnik ijodkorlikni ommalashtirish, muhandislik kasblarining obro‘-e’tiborini yuksaltirish, yoshlarning innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini rag‘batlantirish.

Robototexnika ishlanmalar yaratish va sohani ommalashtirish bilan shug‘ulanuvchi talabalar, yosh pedagog va tadqiqotchilar, hamda korxonalarning yosh mutaxassislari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Musobaqalar Toshkent davlat texnika universiteti Bosh binosining O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazida 16-25 yoshdagi ishtirokchilar orasida o‘tkaziladi.

“ROBOT-UZ 2020” tanlovi doirasida quyidagi yo‘nalishlarda musobaqalar o‘tkaziladi:
– Foydali ish bajaruvchi robotlar tanlovi;
– Mobilь robotlar poydagi;
– Robo Futbol;
– Robo Sumo;
– Intellekt darajasini namoyish qilish.

Har bir yo‘nalishda I, II va III o‘rinlarni egallagan tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofoti bilan mukofotlanadi.
Alohida e’tirof etilgan ishlanmalar mualliflari xomiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Barcha ishtirokchilar va ularning rahbarlariga sertifikatlar beriladi.

Tanlov shartlari va boshqa ma’lumotlar bilan universitetning www.tdtu.uz veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Manzil Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 2a, “ToshDTU Yoshlar ittifoqi”, tel. (71)227-19-47, (94)656-89-19, +998972974097.

Ariza berish tartibi quyidagicha:

“ROBOT-UZ 2020” tanlovida qatnashish uchun nomzodlar 2020 yilning 1 martigacha robot_2020_tdtu@mail.ru elektron manzilga yuborishlari lozim.