“Buyuk ajdodlarimizning kitobxon nabiralari” nomli badiiy-musiqiy kechaga taklif etadi

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar!

Kasaba uyushma qo‘mitasi barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning 14 yoshgacha bo‘lgan farzandlarini 2020 yil 8 fevral kuni buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan “BUYUK AJDODLARIMIZNING KITOBXON NABIRALARI” deb nomlagan badiiy-musiqiy kechaga taklif etadi.
Agar farzandingizni bu musiqiy kechada bevosita ishtirok etishini va qo‘mitaning esdalik sovg‘asiga ega bo‘lishini istasangiz, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar yod olishiga ko‘mak bering!
Ajdodlarimizning ijod namunalarini xorijiy tillarda yoddan aytgan iqtidorli bolajonlar Kasaba uyushmaning maxsus sovg‘asi bilan taqdirlanadi.