«Oliy matematika» kafedrasi maktabda seminar o‘tkazdi

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 7 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari huzurida 2019 yil 28 avgust kuni o’tkazilgan 15-sonli majlis bayonining ijrosini ta’minlash to’g’risida»gi 805-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy matematika kafedrasi mudiri Dilfuza Eshmamatova hamda kafedra assistenti Nodira Karimova Sergeli tumanidagi 6-maktabga tashrif buyurdilar.

Maktab matematika fani o’qituvchilariga Dilfuza Eshmamatova «Reshenie zadach s ispolzovaniem udvoennoy medianoy» va «Trigonometricheskie uravneniya reshaemie nestandartnimi metodami» mavzularida, Nodira Karimova «Chiziqli tenglamalar sistemasini yechishning ba’zi usullari» mavzusida ochiq darslar o’tib berdilar.

Darslar qiziqarli va bahs-munozaralarga boy o’tdi. O’qituvchilar o’zlariga kerakli ma’lumotlarni oldilar. Shuningdek, o’qituvchilarga TTYMI to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi. Maktab ma’muriyati o’qituvchilarga berilgan kerakli ma’lumotlar uchun o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Manba: «Oliy matematika» kafedrasi axboroti