5 muhim tashabbus amalda: kompyuter bellashuvi

5 ta tashabbusning aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida bellashuv o‘tkazildi.

Davlatimiz raxbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Yoshlarga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi.

«Informatika va kompyuter grafikasi» kafedrasi assisitenti Feruza Mamurova tomonidan kompyuter grafika AutoCAD dasturi asosida bellashuv tashkillashtirildi. Bu bellashuvga Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Nodira Xodjaeva, Qurilish fakulteti Murabbiylar kengashi raisi G‘ulom Pirnazarov hamda “Bino kurilishi va sanoat inshootlar” kafedra mudiri RaxmatillaPirmatov xay’at a’zosi sifatida taklif etildi.

Qurilish fakultetining 2 kurs talabalari ishtirok etdi. Bellashuv tanishuv, savol-javob, berilgan ma’lum bir vazifani kompyutorda AutoCAD dasturida bajarish shartlari asosida baholandi. Talabalar dars davomida olgan bilimlari sinovdan o‘tkazildi. «Eng zukko» nominatsiyasi g‘olibi BI-30 va «Eng bilimdon» BI-32 gurux talabalari g‘olib deb topildi.

Manba: «Informatika va kompyuter grafikasi» kafedrasi axboroti