Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak

Qurilish fakulteti talabalari Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan 23-sonli Mehribonlik uyida «Yangi yil xayriya» konserti o‘tkazdi.
Tadbir davomida fakultet faol talabalari Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yangi yil bayram dasturi, sport musobaqalari hamda bayram sovg‘alarini ulashishdilar.
Musiqiy chiqishlar va yangi yil hazillari tarbiyalanuvchilar kayfiyatini yanada ko’tardi.
23-sonli Mehribonlik uyi rahbariyati va bolalar o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

Manba: “Yoshlar ittifoqi” axboroti