5 ta muhim tashabbus ijrosi bo‘yicha Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida milliy kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi

13-14 dekabr kunlari Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida kurash bo‘yicha “TTYMI kubogi” institutlararo turnir bo‘lib o‘tdi.


Musobaqaning tantanali ochilish marosimida institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Dilshod Baratov, institut “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri Komil Muxammadievlar halollik va mardlikni targ‘ib qiluvchi o‘zbek kurashi butun dunyoda keng ommalashib borayotganini ta’kidlashdi.


– Bugungi kunda “kurash”, “halol”, “ta’zim”, “to‘xta” va “yonbosh” kabi atamalar xalqaro sport lug‘ati tarkibidan mustahkam o‘rin egalladi, – deydi “Jismoniy tarbiya” kafedrasi mudiri Komil Muxammadiev. -1998 yil 6 sentyabrda ta’sis etilgan Kurash xalqaro assotsiatsiyasi hozirda sayyoramizning beshta qit’asidagi 129 ta milliy federatsiyani birlashtirgan. Dunyoni mashhur polvonlari ham dastlab kichik musobaqalarida toblanib boraveradi. Barcha polvonlarga omad tilayman.


Haqiqatda, mamlakatimiz va dunyoda kurashning keng ommalashishida kichik va muntazaam o‘tkazilib kelinayotgan turnirlarning o‘rni beqiyos. Ushbu turnir yosh polvonlarini bir davrada jamlash bilan birga umidli polvonlar mahoratini oshirish, ularni yangi marralar sari safarbar etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Toshkent shahar oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqa o‘ta qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.


60, 66, 73, 81, 90, 100, +100 kg. vazn toifasida kechgan musoboqalarda A.Eshqobilov (O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti), O‘.Ro‘ziev(Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti), S.Shoxobov (Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti), Ya.To‘raev(Toshkent Davlat pedogogika universiteti), M.Mo‘ysinov (Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti), R.Xudakov (Toshkent Davlat pedogogika universiteti) va J.Xakimov (toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti) lar shohsupaning eng baland pog‘onasiga ko‘tarildilar.


Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti nomidan ishtirok etgan O.Boboyorov, M.Rasulov, A.Buronov, Sh.Amankeldievlar 2-o‘ringan, T.Otaboev 3-o‘ringa munosib deb topildi.


Barcha g‘olib va sovrindorlarga musobaqa nishoni va Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Axborot xizmati