Konstitutsiya kuni keng nishonlanmoqda

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Jumladan, institut Murabbiylar kengashi raisi Feruza Mamurova va BI-31 gurux murabbiyi Gulnoza Nuridinovalar tomonidan 3-tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan bellashuv o‘tkazildi. Bellashuvda Qurilish fakultetining 2 kurs talabalari ishtirok etdi. Bellashuvning shartlari sifatida tanishuv, savol-javob, kompyuterda AutoCAD dasturida aniq vazifalarni bajarish kabilar belgilab olindi. Tadbir yakuniga ko‘ra BI-33 guruh talabalari «Eng kreativ», BI-31 gurux talabalari «Eng bilimdon» nominatsiyalari bilan taqdirlandi.


Shuningdek, Elektromexanika fakulteti murabbiylar kengashi raisi Zulxumor Yavkacheva va “Fizika” kafedrasi dotsenti La’lixon Pulatovalar tashabbusi bilan «Konstitutsiyamiz matni: aniq, qisqa, ravon va qat’iy » mavzusida fakultetlararo tadbir uyushtirildi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan 5-sonli «Talabalar turar joyi»da ham ma’rifiy kecha o‘tkazildi. Tadbirni 4-tashabbus rahbari Elektromexanika fakulteti 2-kurs talabasi Moxichehra Usarova tomonidan tashkil etildi. GulsanamTilavbaeva talaba qizlarni ayyom bilan tabriklab, ularning o‘kish va kelgusidagi faoliyatlariga omad tiladi. Kecha mamlakatimiz Madxiyasi bilan boshlandi. Tadbirda talaba qizlar Konstitutsiyani sharhlab berdilar. Talaba qizlar tomonidan tayyorlangan raqs va sahna ko‘rinishlari kechaga shukuh ulashdi. Kechaning yakunida tomoshabinlar bilan qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi.

7 dekabr kuni institut Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari Nodira Xodjaeva va “Qaynona-kelin maktabi” faollari ishtirokida “Buvijonim kiygan liboslar” mavzusida milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi. Faol qizlar qo‘mitaning tashakkurnomasi bilan rag‘batlantirildi.


Iqtisodiyot fakulteti IQ-183 talabalari tashabbusi bilan Xamid Olimjonning 110 yiligiga bagishlangan adabiy kecha o‘tkazildi. Tadbirda Xamid Olimjon asarlarida inson orzusi va kamolotining tarannumi xususida so‘z bordi.

Axborot xizmati