Mangulikka daxldor siymolar

2019-yilning 2-dekabr kuni “Tillar” kafedrasining “Yosh tilshunoslar” klubi mas’ullari Mamura Yo‘ldasheva, Gulchexra Atayeva va filologiya fanlari nomzodi Oygul Iskandarovalar tomonidan Hamid Olimjon va Aleksandr Faynberg ijodiy faolyati bag‘ishlangan tadbir o’tkazildi.

Tadbirga O’Z R FA O’zbek tili va adabiyoti, folklorshunoslik instituti katta ilmiy xodimi f.f.n Marxabo Qo’chqorova, shu institutning tayanch doktoranti Anvar Allamberganovlar tashrif buyurishdi. Tadbirni Mamura Yo’ldosheva ochdi.

So’zga chiqqan olima Marxabo Qo’chqorova O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Aleksandr Faynberg hayoti va ijodiga to‘htaldi.

Aleksandr Faynberg Alisher Navoiy va ko’plab zamonaviy o’zbek shoirlarining she’rlarini tarjima qilgan. Uning she’rlari «O’zgarish», «Yoshlik», «Yangi dunyo», «Sharq yulduzi», «Yangi Volga» jurnallarida va xorijiy mamlakatlarning AQSh, Kanada va Isroil davriy nashrlarida chop etilgan. 15 dan ortiq she’riy kitoblarning muallifi Faynberg ellikka yaqin hujjatli filmlar,to’rtta badiiy film va yigirmadan ortiq animatsion filmlar uchun ssenariylar yozganligi kabi ma’lumotlar haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda f.f.n Oygul Iskandarova Hamid Olimjonning “Ko’klam”, “Olov sochlar”, “O’lka”, “Baxt” she’riy to’plamlari, “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semurg’ , Parizod yoki Bunyod”, “Zaynab va Omon” dostonlari, “Muqanna”, “Jinoyat” kabi dramalari haqida, ularning yozilish tarixi haqida qiziqarli dalillarni keltirdi. Hamid Olimjonning 33 yoshida – 1943 yilda Fanlar akademiyasiga muxbir a’zo etib saylangani, akademik bo’lganligi haqida ma’lumot berdi. Bizga shoirning 10 jilddan iborat asarlari to’plami qolganligini e’tirof etdi.

Anvar Allamberganov so’zga chiqib Hamid Olimjon jahon adabiyotining bir qancha mashhur asarlarini tarjima qilganligini, “Alpomish” dostonini Fozil Yo’ldosh o’g’lidan yozib olganligini, izohlar bilan nashr ettirganligini, Navoiy va mumtoz adabiyot vakillari ijodi haqida, adabiyotshunoslik masalalariga oid 10 lab maqolalar yozganligini ta’kidlab o’tdi.

Institut miqyosida o’tkazilgan “Mangulikka daxldor siymolar” tadbiri talaba yoshlar uchun mazmunli va qiziqarli bo’ldi.

Manba: «Tillar»kafedrasi axboroti