Ochiq ma’ruza talabalarda masala yechish imkoniyatini oshirdi

2019 yil 25-noyabr kuni Moskva Davlat pedagogika universiteti dotsenti Guseva Nadejda Ivanovnaning «Zagadka pyatogo postulata Evklida. Affinnaya i evklidova geometrii s tochki zreniya proektivnoy» mavzusida ochiq ma’ruzasi o‘tkazildi.


Ma’ruzaning asosiy maksadi Evklidning beshinchi postulati jumbogi, hamda Affin va Evklid geometriyasini proektiv geometriya nuktai nazaridan tahlil qilishga qaratildi.
Ma’ruzachi Nadeja Guseva masalalarni chizmalar yordamida tushuntirib berdi. «Oliy matematika» kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etgan ma’ruzada talabalarning Affin va Evklid geometriyasi ko‘magida jumboqli masalalar yechish imkoniyati va ishtiyoqini kuchaytirdi.
kafedra dotsenti Alisher Karimovning ilmiy mantiqqa asoslangan savollari nafaqat ma’ruzachi Nadejda Gusevaning faollashuviga, balki ma’ruzani to‘liq maqsadga etishiga xizmat qildi.
Ma’ruza so‘ngida kafedra professori Abdullaaziz Ortiqboev o‘zbekistonlik olimlarning bu mavzuda olib borgan tadqiqotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Oliy matematika» kafedrasi rahbariyati va Moskva Davlat pedagogika universiteti dotsenti Nadejda Guseva kelgusi ochiq ma’ruza mavzularini belgilab oldi.

Manba: «Oliy matematika» kafedrasi axboroti