NASA mutaxassisi institutda ma’ruza o‘qiydi

NASA (Xalqaro aero-kosmik tadqiqotlar agentligi)ning yetakchi mutaxassisi, Gavayi Universiteti (AQSh) professori, texnika fanlari doktori Dilmurod Azimov Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ma’ruza o‘qiydi.

  • 26 noyabr kuni soat 16:30 da institut Majlislar zalida «Mexanikaning dolzarb muammolari» mavzusida;
  • 27 noyabr kuni soat 16:30 da institut Majlislar zalida “Boshqariluvchi sistemalarda yo‘llash, navigatsiya va boshqarish muammolari” mavzusida;
  • 29 noyabr kuni soat 16:00 da institut Majlislar zalida “Boshqariluvchi sistemalarda yo‘llash, navigatsiya va boshqarish muammolari” mavzusidagi ma’ruzalar tashkil etiladi.

Ma’ruzalarda mexanikaning dolzarb masalalari: kosmik apparatlar, kichik sun’iy yo‘ldoshlar, uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar), raketalar, robot va manipulyator moslamalarining harakatini modellashtirish borasidagi eng so‘nggi ma’lumotlar va ilmiy xulosalar taqdim etiladi.

Barcha qiziquvchilar taklif etiladi.
Moderator: Oliy matematika kafedrasi.