Fan va ta’lim innovatsiyalari

Shu yilning 20 noyabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida «Jahon falsafa kuni» munosabati bilan “Global hamkorlik barqaror taraqqiyot sharti va kafolati” xalqaro konferensiyasi doirasida “Fan va ta’lim innovatsiyalari” mavzusidagi xalqaro seminar trening o‘tkazildi.


Tadbirni Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Yadgor Ruzmetov kirish so‘zi bilan ochdi va boshqardi.
Marosim moderatori Jumaniyoz Ramatov seminar treningning maqsadi, Jahon falsafa kunini g‘oyasini tushuntirib berdi. Global, sotsial madaniy masalalarni qayta o‘zgartirishni muhokama qilishning umumiy yo‘llarini topish, odamlarni falsafiy meros bilan tanishtirishdan iboratligi, falsafa insonning dunyoda tutgan o‘rni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi ma’naviy faoliyatining bir shakli yekanligi uqtirdi.


Xalqaro seminar treningda Yuneskoning ta’lim bo‘limi ilmiy xodimi, falsafa fanlari doktori, professor Albert Fishler “Tsivilizatsiyalar to‘qnashuvida madaniyat” mavzusida, Rossiya Federatsiyasi Dog‘iston davlat universiteti ontologiya gnoseologiya kafedrasi mudiri, professor Bilalov Mustafa  “Real va simvolli dunyoda xaqiqatni izlash” mavzusida, Rossiya fanlar akademiyasi ijtimoiy falsafa va madaniyatshunoslik bo‘limi bosh ilmiy xodimi, professor Gezalov Ariz Avaz o‘g‘li “Globallashuv, madaniyatlar dialogi va taraqqiyotning yangi strategiyasini izlash” mavzularida ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, xalqaro seminar treningda falsafa fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz xotirlandi.
Tadbirda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti professor-o‘qituvchilar talabalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.


Seminarda faol ishtirok etgan qatnashchilarga sertifikatlar topshirildi.

Manba: Axborot xizmati