Oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashga barcha mas’ul

2019 yilning 16 noyabr institut Faollar zalida institut rahbariyati bilan Iqtisodiyot fakulteti talabalarining uchrashuvi tashkillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 may kuni O‘zMUda ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi hamda Toshkent shahri Olmazor tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarining ijrosi yuzasidan (21-son bayonining 51-bandi (har bir oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bir oyda bir marta fakulьtetlar kesimida talaba-va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 maydagi 475-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut prorektorlari Dilshod Baratov, Abdulaziz Gulamov, tarkibiy tuzilma rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning muammolari va fikrini o‘rganish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, hamda institutda oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashga qaratildi.

Talabalardan tomonidan berilgan yozma va og‘izaki savollarga prorektorlar javob berdi.

Manba: Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axboroti