Sobiq va sodiq kursdoshlarning diydorlashuvi

2019 yil 16 noyabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” (avvalgi nomi «Temir yo’llardan foydalanish») fakultetining EKS-123 guruhini 1979 yilda tamomlagan bitiruvchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

40 yil qisqa muddat emas, bu davr insonga qanchadan qancha taassurotlarni, shaxsiy hayotida hamda ish faoliyatida o‘zgarishlarni, shodlik va g‘amgin damlarni baxsh etganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Uzoq vaqt, uzoq makon insonni charxlaydi, sadoqat va vafoni toblaydi.

2019 yil 16 noyabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” (avvalgi nomi «Temir yo’llardan foydalanish») fakultetining EKS-123 guruhini 1979 yilda tamomlagan bitiruvchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda bitiruvchilarimizni ushbu sana bilan tabriklab institut prorektori t.f.d., professor Anvar Adilxo‘jaev, “Transport logistikasi va servis” kafedrasi professori Nazrilla Ibragimov, “Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish” kafedrasi mudiri Soqijon Xudayberganovlar ishtirok etishdi. Institutimiz prorektori Anvar Adilxo‘jaev mehmonlarni institutimizda olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar bilan tanishtirdi. kafedrasi mudiri Soqijon Xudayberganov kafedraning kelgusi rejalar bilan o‘rtoqlashdi.

Sobiq kursdoshlar institutda o‘tgan davrlari, ta’lim bergan ustozlarini eslab, ular haqida iliq fikrlarini bildirib o‘tdilar.Sobiq kursdoshlar institut muzeyi va ta’lim olgan auditoriyalarda bo‘ldilar.

Axborot xizmati