Saylov – demokratiya ko‘zgusi!

15 noyabr kuni «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi tashabbusi bilan saylov qonunchiligiga oid davra suxbati tashkil etildi.


Mamlakatimiz tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar va xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi yurtimizda kechayotgan tarixiy islohotlarning bardavomligiga xizmat qiladi. Binobarin, keng aholining, ayniqsa, yoshlarning yurtimizda kechayotgan siyosiy jarayonlarni teran anglab yetishi hamda unda bevosita faol ishtirok etishi muhim ahamiyat kasb etadi.


Shu munosabat bilan talabalarda mamlakatimizda sodir bo‘layotgan siyosiy jarayonlar yuzasidan to‘g‘ri tasavvur hosil qilish va saylov qonunchiligi bo‘yicha xuquqiy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Saylov – demokratiya ko‘zgusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda o‘ta muhim siyosiy jarayonning Qonunga to‘la muvofiq o‘tishi, xalqning o‘z xoxish-irodasini erkin bildirgani xolda xalq vakillarini saylashidan barcha birdek manfaatdorligini, shu sababdan, aholining turli qatlamlariga, jumladan, yoshlarga mazkur siyosiy tadbirning ahamiyatini, milliy saylov qonunchiligimizning mazmuni, ayniqsa, fuqarolarning saylov xuquqlari kafolatlarini sodda va ravon tilda tushuntirib berish, shu orqali yoshlarning Vatan taqdiriga dahldorlik hissini yanada kuchaytirishda bugungi tadbirning dolzarbligini ta’kidlandi.


Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbirda talabalar saylov masalalariga oid o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Munozarali savollar kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirokida yechim topdi.

Manba: “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi axboroti.