«Universiada-2019» shahar bosqichi g‘oliblarini qutlaymiz!

5-6 noyabr kunlari Toshkent shahrining barcha oliy ta’lim muassasalari orasida kurash va dyuzdo kurash turi bo‘yicha «UNIVERSIADA-2019» shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Institutimiz g‘ururini barcha fakultetlarning turli kurslardan tanlab olingan talabalari himoya qildilar.
Bizning qadri baland va o‘z kuchiga ishongan sportchi yigitlarimiz Oybek Boboyorov, Urolboy Ro‘ziev, Oxunjon Yusupov, Sardor Shaxobov, Temur Otaboev , Arslonbek Bo‘ronov, Shaxzod Amankeldiev va Suxrob Xamroevlar o‘z vaznlarida faxrli o‘rinlarni egalladilar.
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rahbariyati va talabalari g‘oliblarni ajoyib yutuqlari bilan tabriklab, bundanda yuksakroq g‘alabalarni tilab qoladi.
BARAKALLA! BIZ SIZLAR BILAN FAXRLANAMIZ!!!

Manba: «Jismoniy tarbiya» kafedrasi axboroti