Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas’ulmiz

Ta’lim tizimidagi korrupsiya – butun dunyoda mavjud bo‘lgan muammo va taassufki yangi hodisa emas. U avval ham mavjud bo‘lgan. Lekin …

Jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar allaqachon korrupsiya davlat barqarorligi va milliy xavfsizligiga bevosita tahdid solishini anglab yetishgan va shuning uchun rivojlanishmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev joriy yil 27 may kuni korrupsiyaga qarshi kurashish dasturini tasdiqladi. Farmonda ta’lim tizimidagi korrupsiya borasida alohida urg‘u berilgan.

Bugunning talabasi eshitganini emas, ko‘rganini qilayotganligini anglash qiyin emas.
Shu bois, ta’lim jarayonida o‘qituvchining hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to‘qnashuvining oldi olinishini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo‘qotish muhim vazifaga aylanishi zarur.

Shuningdek, barchaning ongiga “korrupsiya – diskriminatsiya qilinmaydigan hodisa, u aybdor va aybsizlarni ajratmaydi” qoidasi singdirilmagunga qadar bu illatdan qutulib bo‘lmaydi.

Marufdjan Rasulov
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori