“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” mavzusida tanlov

Talabalar o‘rtasida “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida yosh olimlar va iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatida milliy mustaqillik g‘oyasining tub mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ish kompyuter Word dasturida, Times New Roman 14 shriftida, 1 intervalda, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yozilgan bo‘lishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bo‘lishi shart. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va 1,5 intervaldan so‘ng bosh harflarda muallifning ismi, sharifi va familiyasi yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shaharnomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib matnning mazmuni 1,5 intervalli satrlarda yoziladi.

Institut miqyosida 1,2,3 o‘rinni egallagan talabalar hamda yosh olimlar guruhlarining har biri institut tomonidan maxsus diplom hamda quyidagi miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari;
2-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari;
3-o‘rin – bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari.

1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan talabalar hamda yosh olimlar yakuniy Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar quyidagi tartibda pul mablag‘lari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplomlari bilan rag‘batlantiriladi:
1-o‘rin – 2 000 000 (ikki million) so‘m;
2-o‘rin – 1 500 000 ( bir million besh yuz ming) so‘m;
3-o‘rin – 1 000 000 (bir million) so‘m.

Ijodiy ishlar 12 noyabrga qadar institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan qabul qilinadi (323 xona, murojaat uchun tel: 71 2990316).