Dissertatsiya himoyasining ochiq muxokamasi xususida

 

“Temir yo`llar elektr ta’minoti” kafedrasi izlanuvchisi Ildar Nazipovich Bayanovning 05.08.05 – “Temir yo`llar harakat tarkibi, poyezdlarni tortish va elektrlashtirish” ixtisosligi bo`yicha tayyorlagan “Yuqori tezlikli elektr harakat tarkibi tok qabul qilgichi va kontakt tarmog`ining o`zaro ta’sirini tadqiq etish” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasini ochiq muhokamadan o`tkazishga bag`ishlangan ilmiy darajalar beruvchi PhD.28.06.2018.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash majlisi bo`lib o`tadi.

Majlis 2019 yil 9-noyabr kuni soat 10:00 da Toshkent temir yo`l muhandislari instituti bosh binosining 334-aud.da boshlanadi.