Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida seminar o‘tkaziladi

Joriy yilning 1 noyabr kuni institut majlislar zalida “Yurtimizda 2022 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda O‘zbekistonning 9 oy yakunlari bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlari” mavzusiga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkaziladi.
“ Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi bergan ma’lumotga ko‘ra, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati ekspertlarining ishtirok etishi kutilmoqda.
Seminarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning 9 oylik yakunlari va iqtisodiyot oldida turgan ustuvor vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar muhokama etiladi.
Seminar soat 11:00da boshlanadi.