“Nazm va nasr” ijodiy-badiiy she’rxonlik kechasi

2019-yil 28-oktabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida professor- o‘qituvchi xodimlari hamda talaba yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida “Nazm va nasr” ijodiy ishlar to‘plami jamlandi.

“Nazm va nasr” ijodiy ishlar to‘plamiga bag‘ishlangan ijodiy-badiiy kecha o‘tkazildi. “Nazm va nasr” ijodiy ishlar to‘plamini jamlashda institutida professor-o‘qituvchi xodimlari hamda talabalari o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.

Ijodiy ishlar to‘plamini jamlashning asosiy maqsadi-talaba yoshlar o‘rtasida  vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab quvvatlashdan iborat.

Tadbirda til va ruh barhayotligining asosi sanalgan so‘z sehrini yoritish niyat qilingandi. Anjumanga O‘zbekiston  Fanlar akademiyasi “Til va adabiyot” instituti dotsenti Marhabo Mirzajonova taklif qilindi.

Tadbirga Islom Usmonov ijrosidagi “Yuraksiz” qo‘shig‘I o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Ona Vataniga tabiatga va insoniyatga bo‘lgan ilk hissini o‘zining yuraklarni larzaga soluvchi, garchand sodda  tilda yozilgan bo‘lsa-da, odamni chuqur o‘yga soluvchi she’rlari bilan  qalblarimizdan joy olgan  talabalarimizdan Javohir Abdusalimov o‘z ijod namunalaridan bahramand etdi.

Azizbek Shamsiyevning- yuksak insoniylik ruhi bilan yo‘g‘irilgan zamondoshlarining ma’naviy dunyosini ochib beruvchi she’rlari bizlarga shukuh bag‘ishlaydi.

Marhabo Mirzajonova talabalarimizning ijodlariga yuksak baho berdi.

Manba: «Tillar» kafedrasi axboroti