Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkazilishi haqida

Yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Yoshlar Vatan xizmatida rostgo‘ylik va qonunlarni hurmat qilish tarafdori” mavzusida respublika tanlovi o‘tkazilishini e’lon qilamiz.
Tanlov 3 ta nominatsiyada o‘tkaziladi:
– “Eng yaxshi plakat”;
– “Eng yaxshi surat”;
– “Eng yaxshi bayon”;
Nominatsiyalar bo‘yicha tanlovda bakalavriat yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan 1-4 kurs talabalari o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlov
3 bosqichdan iborat bo‘ladi va tanlovning respulika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlarni 26 oktyabrga qadar institut “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limi(323 xona; tel:712990316)ga topshirishingiz mumkin.
Tanlovga takdim etiladigan plakatlar kuyidagi mezonlarda baholanadi:
– mavzuning mazmun-mohiyati to‘lakonli ochib berilganligi-20 ball;
– plakat chizish maxorati, ranglardan tugri foydalana olish, tasviriy san’at elementlari va zamonaviy texnologiyalarni kullay olish kobiliyati -20 ball;
– plakatdagi mantiqiylik, ishtirokchining dunyokarashi, fikrlash doirasi va e’tiborni jalb qila olish xususiyati-20 ball;
– plakat mazmuni, uning yukorilagi mavzular buyicha kamrovi, unga boglik bulgan jarayonlarni aks ettirish darajasi-20 ball;
– plakatning o‘ziga xosligi, boshqa rasmlardan ajratib turadigan jihatlari-20 ball.
Ijodiy ish 100 ballik tizim asosida baholanadi.
Taqdim etiladigan plakatlar hajmn A2 o‘lcham (format)dan kichik bo‘lmasligi lozim.
Tanlovga taqdim etiladigan eng yaxshi surat quyidagi mezonlarda baholanadi
– mavzuning mazmun-mohiyatini to‘laqonli ochib berilganligi-20 ball;
-surat mazmuni, uning yuqoridagi mavzular bo‘yicha qamrovi, unga bog‘lik bo‘lgan jarayonlarni aks ettirish darajasi-20 ball;
– mavzuni yoritishda ranglardan foydalang anlik darajasi va ijodkorlarning yoshiga mos tanlovlari-20 ball;
– mavzuni yoritishda o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi-20 ball;
– mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi-20 ball;
Ijodiy ish 100 ballik tizim asosida baholanadi.

Tanlovga takdim etiladigan eng yaxshi surat A4 ulcham (format)dan kichik bo‘lmasligi lozim.
Tanlovga takdim etiladigan «Eng yaxshi bayon» kuyidagi mezonlar asosida baholanadi:
– “Eng yaxshi bayon”ningsarlavhasi-25 ball;
– “Eng yaxshi bayon”da mavzuni keng yoritilgani, -25 ball;
– bugungi kunda mazkur yunalishda amalga oshirilayotgan isloxotlar bilan bog‘likligi-25 ball;
– matnda yuridik terminlarning foydalanilganligi-25 ball;
“Eng yaxshi bayon” 100 ballik tizim asosida baholanadi.
“Eng yaxshi bayon” tanlov adabiy tilda yozilishi, shevaga xos so‘zlardan foydalanishdan cheklanish, 12 varakli yozuv daftarda yozilishi (daftarga ta’lim muassasa raxbariyati tomonidan muxr kuyilishi lozim) va 10-15 varakdan kam bo‘lmasligi lozim.