Magistrantlarning XIII ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi

17 oktabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti magistratura talabalarining “Dissertatsiya ishi yakunlari bo‘yicha magistratura talabalarining XIII ilmiy-amaliy anjumani” bo‘lib o‘tdi.


Anjumanning ochilishida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdulaziz Gulamov ishtirokchilarni qutladi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Anjumanning asosiy maqsadi magistrantlar dissertatsiya ishlarining dolzarbligi, ilmiy jihatdan yangiligi va amaliy ahamiyatini ko‘rib chiqish, hamda ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishdan iborat. Anjumanning vazifasi sifatida hisobot ma’ruzalarni muhokama qilish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaratildi.


Anjuman yalpi yig‘ilishda MTIF-8 guruhi 2-bosqich magistratura talabasi Abdurahim Abdullaev “O‘zbekiston Respublikasida yuqori tezlikli temir yo‘l magistrallari estakadalarini loyihalash va qurish holati va rivojlanish istiqbollarining tadqiqoti” mavzusidagi taqdimoti tinglandi. Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi regional sharoitlarida yuqori tezlikdagi temir yo‘l magistrallari estakadalarini qurish ratsionalligi tadqiqoti hamda estakada konstruktsiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha xulosalari ko‘rib chiqildi. Ma’ruzachi A. Abdullaevning ilmiy rahbari, dotsent Ulug‘bek Shermuhammedov taqdimot yuzasidan ilmiy tahlillari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi.


Yalpi yig‘ilishdan so‘ng anjuman 3 ta sho‘’bada o‘z ishini davom etirdi.
1. Tashishni tashkil etish va transport logistikasi;
2. Temir yo‘l transportidagi qurilish va iqtisodiyot;
3. Transport vositalaridan foydalanish va ularni ta’mirlash.


Anjumanda jami 63 nafar magistrantlar, jumladan 9 nafar birinchi bosqich magistratura talabalari ilmiy ishlari natijalari bo‘yicha o‘z hisobot ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Talabalardan 3 nafari o‘z taqdimotlarini xorij tilida amalga oshirdi.
Institut professor-o‘qituvchilari magistratura talabalariga ilmiy tadqiqot ishlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Manba: Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi koordinatori axboroti