Institut o‘qituvchilari xalqaro sertifikatga ega bo‘ldilar

15-oktabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari»AJ va Rossiya Federatsiyasi «MostoStroyInjiniring»MChJ hamkorligida «Monolit qurilish texnologiyalari optimizatsiyasi» mavzusida seminar tashkil etildi.


Seminarda «Gamma» opalubka tizimlari kompaniyasi, «Texnokom BM», «Mostostroyinjiniring»MChJ vakillarining qurilish sohasi bilan bog‘liq turli mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi.
Ayniqsa, «Ko‘prik qurilishida yordamchi qurilma va mexanizmlar», «Deformatsion choklar va tayanch qismlari», «Sanoat binolari pollarini oldindan zo‘riqtirish», «GAMMAning opalubka bo‘yicha yechimlari» va «Bino va inshootlarning yer osti qismlari gidroizolyatsiyasi» kabi mavzudagi ma’ruzalar tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Seminarning muhokama qismida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti «Ko‘priklar va tonnellar» va «Bino va sanoat inshootlari» kafedralari professor-o‘qituvchilari va magistratura talabalarining ma’ruzalar yuzasidan munosabatlari taxlil qilindi.
Shuningdek, seminar doirasida «Mostostroyinjiniring»MChJ va «Gamma» opalubka tizimlari mahsulotlarining ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Seminar ishtirokchilari Kerch bo‘g‘ozi orqali qurilgan Qirim ko‘prigi va Rossiyada AES qurilishiga oid ma’lumotlar bilan tanishdilar.
Seminar yakuniga ko‘ra tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Manba: «Ko‘priklar va tonnellar» kafedrasi axboroti