“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati
Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha
2020 yilga o‘qishi uchun oliy o‘quv yurtidan keyngi ta’lim
(tayanch doktorantura va doktoranturaga) institutiga qabul e’lon qiladi:
05.05.01. – Energetika tizimlari va majmualari (PhD);
05.08.02. – Temiryo‘llar va yo‘l xo‘jaligi (PhD);
05.08.03. – Temir yo‘l transportini ishlatish (PhD va DSc);
05.08.05. – Temir yo‘llarining harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish (PhD);
05.09.02. – Asoslar, poydevor va er osti inshootlari. Ko‘prik va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (PhD va DSc);
05.09.05. – Qurilish materiallari va buyumlari (PhD);
11.00.06. – Geodeziya. Kartografiya (PhD);
05.09.07. – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (PhD);
08.00.03. – Sanoat iqtisodiyoti (PhD);
09.00.04. – Ijtimoiy falsafa (PhD).
Tayanch doktoranturaga o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yihati, shuningdek ularning nusxalari.
Xujjatlar 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Ma’lumotlar uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
100167 Toshkent, Odilxo‘jaev ko‘ch. 1-uy, ToshTYMI, 333-xona,
Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi
Telefonlar: 299-00-26, 299-05-12