«Keksalar haftaligi» doirasida

Hukumat qarori bilan, 2019 yildan boshlab har yili oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilan edi. Shu munosabat bilan, institut faollari va yosh o‘qituvchilar Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining turli jabhalarda xizmat qilgan otaxonu onaxonlar xonadonlarida bo‘ldilar.

tashiit

Tashrif davomida faxriylar o‘zining hayotiy tajribalari haqida gapirib, yoshlarni Vatanga sadoqat va birdamlik ruhida tarbiyalashda o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosligini, institut maqomi va ravnaqi uchun tinim bilmay mexnat qilish lozimligi xaqida fikr bildirdilar.

tashiit

Shuningdek, “Keksalar haftaligi” “uch avlod” uchrashuvlarining mazmunli o‘tishiga xizmat qildi. Ayniqsa, institut kafedralarida professor-o‘qituvchi va talabalar ishtirokida o‘tkazilgan turli shakldagi ma’rifiy tadbirlar keksalarning duolari va xursandchiligiga sabab bo’ldi.

tashiit

— Keksalarimizning umr yo‘li biz uchun ibrat, o‘gitlari esa hikmatlar xazinasidir, — deydi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Shermatilla Yusupov. — Buni teran his etgan holda yoshlarimizni keksalarga hurmat ruhida tarbiyalashga barchamiz mas’ulmiz. Davra suxbatimizga ko‘pni ko‘rgan, boy hayotiy tajribaga ega insonlarni taklif etganimizning sababi ham shunda.

Faxriylarning xonadonlariga tashriflar davom etmoqda.

Manba: Axborot xizmati