“Xitoy oliy ta’lim ko‘rgazmasi” (China Higher Education Exhibition)ga taklif etamiz

8-10 oktabr kunlari Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasining bir qator ta’lim muassasalarining ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. “Xitoy oliy ta’lim ko‘rgazmasi” (China Higher Education Exhibition) nomli tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari vakillarining ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur tadbirda kelgusida Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqchi bo‘lgan talabalar, magistrant, doktorantlar hamda professor-o‘qituvchilar va oliy ta’lim muassasalari xodimlari ishtirok etishi mumkin.
Xitoy ta’lim ko‘rgazmasi 2019 yil 8-10 oktabr kunlari soat 10.00 dan 17.00 gacha “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Amir Temur” zalida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi (8 oktabr soat 10.00-10.30) XXRning Toshkentdagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim hamda boshqa rasmiy vakillar nutq so‘zlari bilan ishtirok etadi.
Manzil: “International Hotel Tashkent” mehmonxonasi Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi 107A uy.