Samarqandga tashrif: hayrat va xavas

28-29 sentabr kunlari Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida bo‘lib turgan fan doktori Samanta Chadvik Samarqandga tashrif buyurdi.

Mehmon O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Shuningdek, Samanta Chadvik Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Hazrati Doniyor maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek muzeyi va rasadxonasi bilan tanishdi.

– O‘zbekistonda muqaddas ziyoratgohlar, muzey va rasadxonalarning milliy arxitekturasi, obodligini ko‘rib lol qoldim, – deydi Samanta Chadvik. – ayniqsa, menga hamroxlik qilgan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabalarining buyuk ajdodlari haqidagi ma’lumotlaridan hayratlandim. Yoshlar bilan suhbatlashib, ularning fikrlarini eshitib, bu tabarruk yurtda ulug‘ ajdodlariga munosib avlodlar kamolga etayotganiga amin bo‘ldim. Bunday avlod buyuk ishlarga qodir.

Samarqandga tashrif “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilib, MN-59 guruh talabalari gidlik vazifasini bajardi.

Manba: “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi axboroti

tashiit

tashiittashiit