Prorektor talabalarga va’da berdi

2019 yilning 3 oktabr kuni institut Faollar zalida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Abdulaziz Gulamov Iqtisodiyot fakulteti talabalari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 may kuni O‘zMUda ta’lim va ilm-fan sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvi hamda Toshkent shahri Olmazor tumaniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarining ijrosi yuzasidan (21-son bayonining 51-bandi (har bir oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bir oyda bir marta fakulьtetlar kesimida talaba-va professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 maydagi 475-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir talabalarning muammolari va fikrini o‘rganish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash, hamda institutda oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashga qaratildi.

Talabalardan tomonidan berilgan yozma va og‘izaki savollarga prorektor javob berdi. O‘quv jarayonida talabalarning barcha murojaatlarini e’tiborga olishga va shu asosda qarorlar qabul qilishga va’da berdi.

Manba: Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axboroti