O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yoshlarning teran ma’naviyat, yuksak intellektual salohiyat sohibi bo‘lib kamolga yetishi ko‘p jihatdan fidoyi ustozlar, kasbiga sodiq o‘qituvchilar, jonkuyar murabbiylarga bog‘liq. 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvlar, hotira kechalari va ilmiy seminarlarda navqiron avlodga puxta bilim berishda o‘qituvchilarning burchi va mas’uliyati xususida atroflicha so‘z yuritilmoqda.
Bugun, 27 sentabr kuni faollar zalida umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda institut jamoasi, faxriy professor-o‘qituvchilar va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati ishtirok etdi.

tashiit

Institut rektori Ma’rufjon Rasulov tantanali yig‘ilishni ochdi va marosim qatnashchilarini «O‘qituvchi va murabbiylar» kuni bilan qutladi.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Xusnutdin Xosilovning institut o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigini Boshqaruv raisi o‘rinbosari O`Tursunqulov o‘qib eshittirdi.

tashiit
Institut rahbariyati tomonidan professor-o‘qituvchilarning kasb salohiyatini yuksaltirish, ularni o‘z ustida ko‘proq ishlashga, izlanishga doir qator ma’rifiy loyihalar, ijodiy tanlovlar o‘tkazilmoqda.

tashiit

Tadbirda «Yilning eng yaxshi faxriy o‘qituvchisi», “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi kafedra mudiri” va “Yilning eng yaxshi gurux murabbiyi” kabi nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlandi.

tashiit
“Fizika” kafedrasi mudiri Baxodir Mirsolixovga «Yilning eng yaxshi faxriy o‘qituvchisi», “Transport logistikasi va servis” kafedra dotsenti Ilesaliyev Daurenga “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi”, “Temir yo‘llar elektr ta’minoti” kafedrasi mudiri Sulton Amirovga “Yilning eng yaxshi kafedra mudiri” va “PTV-630” va “TV-699 “a” guruxlar murabbiyi Muxammadjon Valievga “Yilning eng yaxshi gurux murabbiyi” nominatsiyalari topshirildi. Bu kabi tanlovlar sohadagi ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, fidoyi ustozlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lmoqda.

tashiit

Shuningdek, sentabr oyida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari, sport musobaqlar sovrindorlari hamda faol professor-o‘qituvchilar taqdirlandi.

tashiit

“Yoshlar ittifoqi” boshlang‘ich tashkiloti qoshidagi ijrochi talabalar ishtirokidagi kontsert namoyish etildi.

tashiit
Tadbirda aksiyadorlik jamiyati “Personalni boshqarish va kadrlarni tayyorlash boshqarmasi” boshlig‘i Muxsin Mamasidiqov va shu boshqarma bo‘limi boshlig‘i Axmadjon Mavlyanov va Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tashrif buyurgan falsafa doktori Samanta Chadwick ishtirok etdi.

Manba: Axborot xizmati