Boshqaruv raisi X.N.Xasilovning bayram tabrigi

Aziz ustozlar, qadrli murabbiylar!

Sizlarni, sizlar orqali jamoa a’zolaringizni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan umumxalq bayrami, 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan, samimiy muborakbod etaman!

Bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida ta’lim tizimida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu ezgu ishlar ertangi kunimizning porloq kelajagi, Vatanimiz taraqqiyoti uchun sidqidildan xizmat qiluvchi o‘g‘il-qizlarimizni ma’nan etuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalashga qaratilganligi bilan g‘oyatda ahamiyatlidir.

Zimmangizda yoshlarga bilim berish borasida ular qalbiga insonga xos eng go‘zal ezgu xislatlar – mehr-oqibat va odamiylik tuyg‘ularini singdirib borishdek mas’uliyatli vazifa borligi tufayli yuksak hurmat va ehtiromga sazovorsiz.

Sizlarga ana shu ezgu maqsadlarga erishish, jonajon Vatanimizni yanada taraqqiy ettirish yo‘lidagi mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka yor bo‘lsin!

Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!

 

Hurmat va ehtirom bilan,

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati

boshqaruvi raisi X.N.Xasilov