Toshkentda Yevropa Harakatlanish haftasi yakunlandi

tashiit

Joriy yildan e’tiboran Toshkent Yevropa Harakatlanish haftasining rasmiy ishtirokchisiga aylandi. “16-22 sentabr kunlari poytaxtda turli xil harakat usullarini targ‘ib qilish va ommalashtirish orqali aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi. Ko‘ngilochar tadbirlar bilan bir qatorda, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda turli darajadagi uchrashuvlar tashkil etildi.
Jumladan, Toshkent shahar hokimligi va Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda jurnalistlar ishtirokida “Yevropa harakatlanish haftasi” global aktsiyasi doirasida harakatlanish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Xaftalik doirasida o‘tkazilgan marosimlarda institut faollarining ishtiroki kuzatildi.

Manba: Axborot xizmati