Igor Kolesnikovning doktorlik (DSc) dissertatsiyasiga bag‘ishlangan ilmiy seminar xususida

“Temir yo‘l transportida avtomatika, telemexanika va telekommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi izlanuvchisi Kolesnikov Igor Konstantinovichning 05. 05. 01 – “Energetika tizimlari va majmualari ” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Yagona elektr magnit maydon asosida nazariy usullarni va energiya tejamkor kavitatsiyali issiq generatori ishlab chiqishni rivojlantirish” mavzuidagi doktorlik (DSc) dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan o‘tkazishga bag‘ishlangan kafedralararo birlashgan ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminar 2019 yil 23-sentyabr soat 16:00 da 490-auditoriyada boshlanadi.