O‘quv yilining navbatdagi tantanalari

Kecha poytaxtimizda «Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti» ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika hay’ati tomonidan 9 ta nominatsiya bo‘yicha 1, 2 va 3 o‘rinlarga munosib ko‘rilgan 119 nafar boshlang‘ich tashkilotlar raislari ishtirok etdi.

2012 yildan buyon O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan «Xotin-qizlar qo‘mitasining eng namunali boshlang‘ich tashkiloti» ko‘rik-tanlovida faol ishtiroki institut Xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyatini davr talablariga mos ravishda takomillashtirib borishga xizmat qildi.

Joriy yilda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida 16 mingdan ziyod boshlang‘ich tashkilotlar raislari qatnashdi. Ularning 1 ming 237 nafari hududiy bosqichlarda ishtirok etib, eng sara 118 nafarining hujjatlari Respublika hay’atiga taqdim etildi. Respublika hay’ati tomonidan ishlari baholangan nomzodlar 9 ta nominatsiya bo‘yicha 1, 2 va 3 o‘rinlarga munosib ko‘rildi.

Ushbu tanlovda institutimizning Elektromexanika fakulteti “Xotin-qizlar qo‘mitasi”ning boshlang‘ich tashkilot rahbari Feruza Axmedova g‘oliblikni qo‘lga kiritib I-DARAJALI DIPLOM bilan taqdirlandi. Bugun tarqalgan bu xabar institut jamoasi kayfiyatiga jo‘shqinlik ulashdi.

Ma’lumki, muassasa rahbari o‘z pozitsiyasi va maqsadlarini jamoatchilikka etkazib berishda hamda institutning faoliyat samaradorligini oshishida tarkibiy tuzilmalarining faolligi muhim. Shu o‘rinda institut “Xotin-qizlar qo‘mitasi” (Nodira Xodjaeva) ning faoliyatining shaffof va barchaga tushunarligi, shuningdek, muntazamligi tahsinga munosibdir.

Maqolani yozib, chop etishga shaylanib turganimizda institut “Xotin-qizlar qo‘mitasini rahbari Nodira opa Xodjaeva institut matbuot xizmatidan ayrim ma’lumotlarni jamoa ayollari va talaba qizlarimizga etkazishimizni so‘radi.

Nodira Xodjaeva: Bugun ayollar hayotidagi ijtimoiy ahamiyati katta muammolarga davlatimiz va hukumatimiz eychim choralarini ko‘rmoqda. Biroq Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida faoliyatni tashkil qilishda hali-hamon eychimini kutib turgan muammolar mavjud. Kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda keskin ijobiy o‘zgarishlarga erishish lozimligini ta’kidlagan holda, Xotin-qizlar qo‘mitasining boshlang‘ich tashkilotlari vakillariga quyidagi vazifalar yuklandi:
birinchidan, Xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi xalqaro ayollar harakatida yuqori o‘rinni egallashining choralarini ko‘rishda ko‘maklashish;
ikkinchidan, boshlang‘ich tashkilot vazifasiga shunchaki yuklatilgan maoshsiz ish deb qaramasdan, jamoatchilik asosida ishlash ham vatanparvarlikning bir ko‘rinishi ekanini chuqur his etgan holda faoliyat yuritish;
uchinchidan, xotin-qizlarimizning obro‘-e’tiborini oshirish va mustahkamlash, ayniqsa, ayol zotining o‘z qadrini bilishi lozimligini, u jamiyatda ham, oilada ham ma’rifatparvar ekanini anglatish ishlarini kuchaytirish;
to‘rtinchidan, yaqinda bo‘ladigan saylovlarda Prezidentimizning “har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo‘lmog‘i shart” degan so‘zlarini amalda isbotlash;
beshinchidan, Davlatimiz rahbarining 2019 yil 23 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida “Oila — mahalla — maktab” hamkorlik tizimini kuchaytirish, ayniqsa, ota-onalarning farzandlar tarbiyasida ustozlar bilan yaqin hamkorlikda bo‘lishini ta’minlash va bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha bergan topshiriqlarini bajarishda faol ishtirok etish;
oltinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘layotgan to‘y va marosimlardagi dabdabalar, turli yangicha salbiy odatlarga chek qo‘yilishida jamoatchilik fikrini yuzaga olib chiqishni faollashtirish va hokazolar.

Kirib kelgan o‘quv yilida Nodira opa Xodjaeva rahbarligidagi ayollar jamoasiga institut mavqeini mustahkamlash, an’analarni saqlash va rivojlantirish kabi umumjamoa vazifasini bajarishda ijodiy maxsullik tilab qolamiz.

Eslatma: o‘tgan qisqa davrda xotin-qizlar borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta Farmoni, 2 ta qarori, Hukumatning 6 ta qarori va 4 ta farmoyishi qabul qilindi hamda ular asosida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Institut matbuot xizmati